O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi
Ziyavitdinov Adham To‘xtasinovich O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Adham Ziyavitdinov jamoatchilikka tanishtirildi.
Adham Ziyavitdinov 1961 yilda Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini huquqshunos mutaxassisligi bilan tamomlagan. Uzoq yillar davomida harbiy prokuratura tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. Quvasoy, Marg‘ilon shaharlari hokimi bo‘lgan.
M.Sulaymonov, O‘zA muxbiri