O‘zbekiston - Koreya parlamentlararo hamkorligi
Ayni kunlarda O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Koreya Respublikasi parlamenti faoliyati bilan tanishmoqda.
Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari barcha sohalar qatori parlamentlararo aloqalar doirasida ham izchil rivojlanib bormoqda. Jumladan, Oliy Majlisning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi faoliyat yuritmoqda.

Mamlakatimiz delegatsiyasining mazkur tashrifi davomida Koreya parlamenti faoliyatini yoritish, sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, Byudjet ofisining byudjet jarayonidagi ishtiroki, tadqiqot xizmati faoliyati kabi masalalar o‘rin olgan.

Koreyada parlament ishlari zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, sun’iy intellekt orqali axborot oqimi boshqariladi, tahlillar tez va aniqlik bilan tayyorlanadi.
Ushbu tashrif va hamkorlik har ikki davlat parlamentlari faoliyatida samarali bo‘lib, o‘zaro tajriba va g‘oyalar almashishga, bilim va yondashuvlarni o‘rganishga xizmat qiladi.
M.Komilova, O‘zA