O‘zbekiston – Germaniya: kadastr sohasi istiqbollari muhokama qilindi
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning «Samarali davlat boshqaruvi» dasturi doirasida doktor Viktor Kessler boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida so‘nggi yillarda Kadastr agentligi tizimida amalga oshirilgan ma’muriy islohotlar, institutsional rivojlanish jarayonlari hamda kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, kadrlar salohiyatini yanada oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, geoportal imkoniyatlaridan samarali foydalanish, O‘zbekistonda fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va agentlik tomonidan hayotga tatbiq etilayotgan loyihalar xususida atroflicha fikr almashildi.
Uchrashuvda xalqaro ekspertlar tomonidan sohadagi zamonaviy yondashuvlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.

Kadastr agentligi vakillari tomonidan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari sifatida kadrlar salohiyatini oshirish, ayniqsa tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar malakasini yuksaltirish, sun’iy intellekt va Deep Learning texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, shuningdek, ko‘chmas mulkni baholash sohasida o‘zaro tajriba almashish tashabbusi ilgari surildi.
Tomonlar mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida Kadastr agentligi tomonidan yangi hamkorlik tashabbuslari va istiqbolli loyihalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatiga taqdim etilishiga kelishib olindi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA