Özbekiston-Fransiya: futbol sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Özbekiston Respublikasi sport vazirligida Fransiyaning eng köp muxlislarga ega futbol klublaridan biri sanalgan "Olimpik Marsel" tajribasi asosida Özbekistonda muxlislik madaniyatini yuksaltiriş, uşbu yönalişda mutaxassislar malakasini oşiriş hamda futbol işqibozlari bilan işlaş böyiça qöşma strategiya işlab çiqiş masalalari yuzasidan Fransiya Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçisi Valid Fuk hamda Fransiyaning "Olimpik Marsel" futbol klubi xalqaro rivojlaniş böyiça direktori örinbosari Aleksandr Kleytman bilan uçraşuv ötkazildi.
Muloqot jarayonida sport vaziri A.Ikromov mehmonlarga mamlakatimizda davlatimiz rahbari taşabbusi bilan sport sohasini rivojlantiriş, zamonaviy infratuzilmani yaratiş, ommaviy va professional sportni qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar haqida gapirib berdi.
Özbekistonda futbolni yanada rivojlantiriş, xususan, amputantlar va ayollar futboli yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş, tajriba almaşiş hamda xalqaro sport hamkorligini kengaytiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Uçraşuvdan söng mehmonlar “Olimpiya şaharçasi” hududidagi zamonaviy sport inşootlari, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş instituti hamda Milliy futbol markazi faoliyati bilan yaqindan tanişib, mamlakatimiz sport infratuzilmasining imkoniyatlariga yuqori baho berdi.
T.Röziyev,
ÖzA