Özbekiston Euronews nigohida: Buyuk ipak yöli merosidan - zamonaviy turizm jozibasigaça
Dunyoning yetakçi xalqaro media platformalaridan biri — Euronews Özbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, qadimiy anʼanalari va zamonaviy turistik imkoniyatlarini xalqaro auditoriyaga taqdim etdi. Telekanalning Euronews Travel loyihasidagi “Grand Voyager” turkumi doirasida eʼlon qilingan videolavhada xorijlik tomoşabinlar Toşkent va Samarqand böylab sayohatga çorlanadi.
Turizm qömitasi matbuot xizmatiga köra, sayohat poytaxtimizdan boşlanib, tomoşabinlarni Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Toşkent metropolitenining betakror meʼmoriy bekatlari hamda Palov muzeyi bilan taniştiradi. Uşbu manzillar orqali mamlakatimizning boy tarixi, islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan hissasi va milliy gastronomik anʼanalari namoyiş etiladi.

Sayohatning navbatdagi manzili — Buyuk ipak yölining muhim tarixiy markazlaridan biri bölgan Samarqand. Videolavhada Registon maydoni va Şohi Zinda majmuasining mahobatli meʼmorçiligi, betakror koşinkorlik sanʼati hamda asrlar davomida saqlanib kelayotgan tarixiy meros alohida örin olgan. Şuningdek, Siyob bozori, milliy şirinliklar va mahalliy taomlar, qadimiy qoğoz işlab çiqariş ustaxonasi hamda anʼanaviy novvoyçilik jarayonlari orqali Özbekistonning kundalik hayoti, mehmondöstligi va öziga xos madaniy muhiti oçib beriladi.
Lilli Dous muallifligi va boşlovçiligidagi uşbu sayohat Özbekistonni tarixiy obidalar, asriy anʼanalar, betakror gastronomiya, hunarmandçilik va boy madaniy tajribalarni özida mujassam etgan jozibador turistik yönaliş sifatida namoyon etadi.

Maʼlumot örnida taʼkidlaş lozimki, Euronews xalqaro media platformasi dunyoning 166 ta mamlakatida faoliyat yuritadi. Telekanalni 430 milliondan ortiq xonadonda tomoşa qiliş imkoniyati mavjud. 2025-yil yakunlariga köra, uning örtaça oylik televizion auditoriyasi 150 million kişini, raqamli platformalardagi jami videokörişlar soni esa 1,83 milliardni taşkil etgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA