O‘zbekiston delegatsiyasi Umumjahon yosh vatandoshlar o‘yinlarida ishtirok etadi
20 nafardan ziyod yoshlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Moskva shahri va Moskva viloyatida bo‘lib o‘tadigan X Umumjahon yosh vatandoshlar va SHHT o‘yinlarida qatnashish uchun Rossiyaga jo‘nab ketdi.
Ўйинларда turli mamlakatdan 400 nafarga yaqin yosh sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Musobaqa 2015-yildan buyon 65 dan dan ziyod davlatning 6 ming nafardan ortiq yoshlarni birlashtirib, yoshlar sporti, madaniy almashinuv va do‘stlikni mustahkamlash maydonchasiga aylandi.
Tadbir “Rossotrudnichestvo” davlat organi, Rossiya Federatsiyasi sport vazirligi, Moskva shahri sport departamenti, Moskva viloyati jismoniy tarbiya vazirligi, Butunrossiya maktab sporti federatsiyasi hamda A.S.Pushkin nomidagi rus tili davlat instituti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Sport dasturi basketbol, voleybol, mini-futbol, stol tennisi, suzish, shaxmat va kurash musobqalarini o‘z ichiga oladi.
Turnir qatnashish o‘zbekistonlik yoshlarga sport mahoratlarini namoyish etish, chet ellik tengdoshlari bilan tanishib, do‘stona aloqalarni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.
Aziza Alimova, O‘zA