O‘zbekiston bank sektorining 2017–2025-yillardagi rivojlanishi infografikada (+video)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017-2025-yillarda bank tizimi aktivlari 5,5 baravarga, majburiyatlari 5,4 baravarga o‘sdi. Bank tizimi aktivlari 2025-yil yakunlariga ko‘ra 925 trln so‘mni, 2017-yil – 167 trln so‘mni tashkil etdi va yalpi ichki mahsulotga nisbati 50%gacha o‘sdi.
Bank tizimi majburiyatlari 2017-yildagi 145,9 trln so‘mdan 2025-yilda 789,4 trln so‘mga yetdi. Bank tizimi jami kapitali o‘tgan 9 yil davomida 6,5 baravar o‘sib, 2025-yil yakunlariga ko‘ra 135,3 trln.so‘mni tashkil etdi.
Bank tizimida jami depozit qo‘yilmalari qoldig‘i 2017-yil yakunida 59,6 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yil yakuniga kelib 417,2 trln so‘mga yetdi yoki 7 baravar o‘sdi.
Jami depozit qo‘yilmalarining qariyb yarmi xususiy banklarga tegishli. Bank tizimi tomonidan iqtisodiyotga taqdim etilgan jami kreditlar qoldig‘i hisobot davrida 5,5 baravar o‘sib, 2025-yilda 604 trln so‘mga yetdi.
Mamlakatimizda moliyaviy xizmatlarning yillik hajmi 2017-yilda 15,2 trln so‘mdan 2025-yil yakunida 171,9 trln so‘mgacha, 11,3 baravar o‘sishni qayd etdi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/P3l3pvaVVvo" title="O‘zbekiston bank sektorining 2017–2025 yillardagi rivojlanishi infografikada" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov (video), O‘zA