O‘zbekiston – AQSH sherikligi yangi bosqichda
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Samir Pol Kapur bilan uchrashdi.
Muloqotda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik so‘nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Davlat rahbarlari o‘rtasidagi yaqin va muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishlayotgani qayd etildi.

Uchrashuvda o‘zaro munosabatni yanada chuqurlashtirish, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalasi muhokama qilindi. Shuningdek, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
D.Hakimov, O‘zA