Ozarbayjon elektromontyorlari gran-pri sohibi
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Samarqand hududiy filiali maxsus poligonida o‘tkazilgan turkiy tilli davlatlarning taqsimlash tarmoqlari elektromontyorlari o‘rtasidagi xalqaro kasb mahorati musobaqasi yakunlandi.
Musobaqada yurtimiz vakillari bilan birga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tatariston Respublikalarining taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlaridan iborat 5 ta ishtirokchi jamoa hamda Turkiya va Tojikiston vakillari kuzatuvchi maqomida qatnashdi.
[gallery-25591]
Belgilangan shartlar asosida ikki kun mobaynida jamoalar o‘z kasb mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, o‘zaro bahslashishdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, musobaqaning gran-pri sovrini Ozarbayjon elektromontyorlariga nasib etdi. Shu paytgacha o‘tkazilgan uchta musobaqada mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yurtimiz elektromontyorlari jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada ikkinchi o‘rinni Qirg‘iziston va Tatariston jamoalari qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin qozog‘istonlik elektromontyorlarga nasib etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari