“O‘zagrosug‘urta” AJ dan navbatdagi aksiya (+video)
Respublikamizda sug‘urta bozori kun sayin rivojlanib bormoqda. O‘z navbatida, sohada raqobat muhiti ham sezilarli darajada oshgan. Shu bois sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniyalar mijozlarni jalb etish maqsadida turli aksiyalar tashkil etib kelmoqda.
Jumladan, “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ham 2023 yil 1 oktyabrdan 2024 yil 1 fevralga qadar “Omadli sug‘urta” aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu aksiya kompaniya mijozlari uchun bir qator qo‘shimcha qulayliklarni nazarda tutadi.
Masalan, mijoz ixtiyoriy sug‘urta polislardan birini sotib olib, aksiya ishtirokchisiga aylanishi hamda qimmatbaho sovg‘alarga va bosh sovrin – Cheri 6 Arrizo PRO avtomobilini yutib olishi mumkin.
Aksiyada qatnashish shartlari juda ham oddiy: talabalar, o‘quvchilar, sportchilar, haydovchilar, shuningdek, oila a’zolari, bolalar, ona va bola, mehmonxonaga joylashgan sayyohlar, sport-madaniyat tadbirlari tomoshabinlari, uy-joy va boshqa mol-mulk egalari kompaniya tomonidan taklif etilayotgan yigirmadan ortiq ixtiyoriy sug‘urta polislaridan birini sotib olish orqali o‘z faoliyatini sug‘urtalasa, aksiya ishtirokchisiga aylanadi.
Qish faslining birinchi oyi ham poyoniga yetib bormoqda. Bu esa “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan o‘tkazilayotgan aksiya yakunlanishiga oz fursatlar qolganidan darakdir. Ushbu muddatda sug‘urta polislarini xarid qilgan mijoz orasidan sakkiz nafari kompyuter dasturi orqali tasodifiy tanlab olinadi va bunda inson omili ishtirok etmaydi. Aksiyada bosh sovrin – Cheri 6 Arrizo PRO avtomobilidan tashqari, 5 dona zamonaviy noutbuk, 2 dona qimmatbaho smartfon ham o‘ynaladi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tmkLjoXRHcY?si=WwOHRfZJoiOh_r99" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Aytish kerakki bugungi kunda “Omadli sug‘urta” aksiyasida ishtirok etish uchun sug‘urta polislarini onlayn xarid qilib ham qatnashish mumkin.
Sanjar Toshpo‘latov,
Abror Sodiqov (video), O‘zA