OTMga hujjat topshirish uchun ID-kartani unutmang!
OTMga hujjat topshirish uchun ID-karta olish bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi.
Xususan, bugungi kunda OTMlarga qabul jarayoni onlayn shaklda amalga oshirilayotgani sababli shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari majburiy talab etiladi.
16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida, yana ham aniqrog‘i OTMga qabul jarayonlari tugagunga qadar ID-karta olish harakatida bo‘lishlari tavsiya etiladi. Hozirda faqat ID-karta beriladi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar biometrik pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritishi talab etiladi.
Qabul jarayonlarida sertifikatlarning amal qilish muddatiga ham e’tiborli bo‘lish tavsiya etilmoqda.
G.Boboyeva, O‘zA