O‘tkir Yusupov: "Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz"
Alloh O‘zbekistonimizni va milliy jamoamizni o‘z panohida asrasin.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov Jahon chempionatidagi ishtiroki yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirdi.
Futbolchi o‘zining Instagram sahifasida mundialdan videolar bilan bo‘lishib, tarixiy debyut haqidagi hissiyotlarini yozdi.
“Ba’zan hayot seni sinaydi. Ba’zan esa vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo‘lib qaytishni o‘rgatadi. Men futbolni sevaman. Bu libos, bu bayroq va O‘zbekiston sharafini himoya qilish men uchun doimo eng katta faxr va baxt! Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan. Men ishonaman — hali eng chiroyli kunlar oldinda. Mehnat hech qachon zoye ketmaydi. Meni doimo qo‘llab-quvvatlagan barcha o‘zbekistonlik muxlislarga chin yurakdan rahmat aytaman. Har bir duongiz, har bir yaxshi so‘zingiz menga kuch beradi. Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz! Chunki bu hali yakun emas… Bu — yangi boshlanish. Alloh O‘zbekistonimizni va milliy jamoamizni o‘z panohida asrasin. Olg‘a, O‘zbekiston”",— deb yozdi Yusupov.