Otenova Farida Tolegenovnaning biologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Orolbo‘yining sug‘oriladigan yerlaridagi tuproqlar holatini ekologik baholash (monitoring, muhofaza qilish va oqilona foydalanish» mavzusida
Otenova Farida Tolegenovnaning 03.00.10 – Ekologiya (biologiya) ixtisosligi bo‘yicha «Orolbo‘yining sug‘oriladigan yerlaridagi tuproqlar holatini ekologik baholash (monitoring, muhofaza qilish va oqilona foydalanish» mavzusidagi biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.05/2025.27.12.V.14.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-may kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 230100, Nukus shahri, Berdax shox ko‘chasi №41. Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, 3-qavat, kichik majlislar zali.
Tel.: (+99861) 222-17-44
e-mail: info@aknuk.uz