Osiyo chempionati: bugun 5 nafar bokschimiz yarim final yo‘llanmasi uchun jang qiladi
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining chorak final bahslari davom etmoqda. Bugun, 4-aprel kuni mazkur bosqich doirasida 5 nafar vakilimiz ringga ko‘tariladi.
Jumladan, vazni -65 kg. bo‘lgan Feruza Abdualimova KXDR sharafini himoya qilayotgan Hyo Sun Xvang bilan raqobatlashsa, erkaklar o‘rtasida ushbu vazndagi Abdulloh Madaminov mezbon bokschi Pratap Yadovga qarshi jang qiladi.
Shuningdek, Aziza Zokirova – Naoko Kasaxara (Yaponiya), Abdurahmon Mahmudjonov – Mohammad Abu (Iordaniya) hamda Arman Maxanov – Aybek Oralbay (Qozog‘iston) o‘rtasidagi bellashuvlarga guvoh bo‘lamiz.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Shahzod Muzaffarov, Mushtariybonu Ibrohimjonova, Gulsevar G‘aniyeva kabi bokschilarimiz chorak final bosqichida ringga ko‘tarildi va kutilmaganda mag‘lubiyatga uchradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA