Ortiqov Muhammadqodir Musajon o‘g‘lining biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Geparinga o‘xshash polisaxaridlarni antikoagulyant va antiagregant ta’sir mexanizmlarini o‘rganish” mavzusida
Ortiqov Muhammadqodir Musajon o‘g‘lining 03.00.08 - “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi bo‘yicha “Geparinga o‘xshash polisaxaridlarni antikoagulyant va antiagregant ta’sir mexanizmlarini o‘rganish” mavzusidagi biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 174-uy.
Tel.: (+99871) 246 68 96.
e-mail: ibb-nuu@mail.ru