Oromgohda – “Yashil chiroq” bellashuvi
Bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi doirasida Jizzax viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator ibratli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ular tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etishni ta’minlash hamda bolalar ishtirokida sodir etilayotgan YTHlarni oldini olish maqsadida viloyat IIB JXX YHXB hamda “Hududgaz” Jizzaxgaz ta’minoti filiali boshlang‘ich kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda Forish tumanidagi “Zangori olov” sog‘lomlashtirish oromgohida “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etildi.




Musobaqa g‘oliblari viloyat IIB JXX YHX boshqarmasi va “Hududgaz” Jizzaxgaz ta’minoti filiali kasaba uyushmasi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqa va tadbir dasturlarini o‘tkazib turish bolalarga hayotining ilk pallalaridan boshlab namunali yo‘l harakati ishtirokchisi bo‘lishiga zamin yaratishi shubhasiz.
Shohruz Qurbonov,
Jizzax viloyati IIBJXX YHXB inspektori, safdor
O‘zA