Orfan kasalligini davolash mumkinmi? (+video)
Bugun butun dunyoda tibbiyot jadal rivojlangani sayin kasalliklar ham yosharib bormoqda. Albatta, yangi aniqlangan kasalliklarni tashxislash, ularni davolash choralarini ko‘rish uchun tibbiyot xodimlarining o‘zaro hamkorligi, tajriba va bilim almashishlari juda muhim.
Ana shunday kasalliklardan biri orfan kasalligidir. Immunologiya va inson genomikasi instituti xodimlari tomonidan ushbu kasallikning kelib chiqish sabablarini o‘rganish ishlari boshlandi.
Joriy yilning 30-31 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Chegarasiz hamdo‘stlik” I Xalqaro forumi ham orfan kasalliklari diagnostikasi va uni davolashga bag‘ishlanadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5qZNfLlAV-I" title="Orfan kasalligini davolash mumkinmi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Mazkur forum oldidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Immunologiya va inson genomikasi institutida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
“Chegarasiz hamdo‘stlik” forumi orfan kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha qo‘shma strategiya yaratish, sog‘liqni saqlash sohasida davlatlararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Qayd etildiki, ushbu muhim tadbirda dunyoning 15 dan ortiq davlatlaridan delegatsiyalar, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari, olimlar, ijro va qonun chiqaruvchi hokimiyat vakillari ishtirok etadi.
Matbuot anjumanida mutaxassislar tomonidan orfan kasalliklarining kelib chiqishi, uni tashxislash va davolash choralarini olib borish bilan bog‘liq ma’lumotlar berildi.
N.Rahmonova, O‘zA