O‘quvchilar xitoy va koreys tilini o‘rganmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 59-umumta’lim maktabi xitoy va koreys tilini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan. Bu yerda 1597 nafar o‘g‘il-qiz saboq olmoqda.
Maskanda ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan. Shu bois, o‘quvchilar fan olimpiadalari hamda turli tanlov va sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Yana ta’kidlash kerak, o‘quvchilarning xitoy va koreys tillarini bilish darajasini baholash maqsadida maktabda muntazam ravishda tanlovlar o‘tkazib turiladi.
21 nafar o‘quvchi xorijiy tillarni bilish bo‘yicha HSK-4, HSK-5, IELTS-6, IELTS-6,5 sertifikatlarini olishga erishdi. Shuningdek, joriy o‘quv yilida 7 nafar o‘g‘il-qiz muddatidan oldin xorijiy davlatlar oliygohlari talabaligiga qabul qilindi.
[gallery-23328]
Ta’lim maskanida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish maqsadida fan va sport to‘garaklari bilan birga, to‘qish, o‘ymakorlik, notiqlik, musavvirlik kabi to‘garaklar ishlab turibdi.
Nosirjon HAYDAROV (surat), O‘zA