Onkologik bemorlar uchun yangi xospis qurilmoqda
Toshkent viloyatida poytaxt hokimligining buyurtmasiga ko‘ra onkologik bemorlar uchun xospis bunyod etilmoqda. Bino 2 qavatdan iborat bo‘lib, 50 o‘ringa mo‘ljallangan.
Bu loyihaning o‘ziga xosligi shundaki, unda har bir bemor uchun individual sharoitlar yaratiladi. Binoni loyihalashda saratonga chalingan bemorlar uchun kerak bo‘ladigan barcha sharoitlar inobatga olingan. Hatto uning lokatsiyasi uchun aholi yashash manzilidan uzoqroq va so‘lim tabiat go‘shasi tanlangan.


Ob’ektdagi qurilish ishlarining 60 foizi yakunlangan. Uni qisqa fursatlarda topshirish maqsadida 70 nafar ishchi tomonidan ishlar tezlik bilan amalga oshirilmoqda.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA