Ong oqimi badiiy mezon sifatida
Bekzod Abdikarim o‘g‘li QARSHIEV o‘qituvchi Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Camarqand, O‘zbekistan
Annotatsiya
Ushbu maqolada keyingi davr o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘zgarishlar, ong oqimi va uning badiiy mezon sifatida ifodalanishi, qahramon idroki asosiga yaratilgan asarlarning o‘ziga xosligi tahlil qilinadi. Shuningdek, kitobxon tafakkurida harakatlangan voqelik silsilasi va badiiy qahramon o‘y-xayolida rivojlangan voqelik jamlanmasining uyg‘unlik poetikasi xususida fikr yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: ong oqimi, folklor, gallyutsinatsiya, ko‘chim, poetik funksiya, xronotop, tafakkur