Olmazor tumani 88-MTTda “Reyd” tadbiri o‘tkazildi (+video)
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalari vakillari bilan hamkorlikda har yili maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning xavfsiz hamda sifatli ovqatlanishini tashkil etishga doir talablarga amal qilinayotganlik darajasi tekshiriladi.
Ushbu rejali tekshiruv jarayonlari avval ham O‘zbekiston Milliy axborot agentligining “Reyd” loyihasi orqali ko‘p marotaba yoritilgan.
Bu galgi manzil Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 88-sonli MTT bo‘ldi.
Tashkilotda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, shu bilan birgalikda, sog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq talablarga nechog‘lik amal qilinayotganligi ko‘zdan kechirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1y2hjLGpv4E" title="Olmazor tumani 88-MTTda “Reyd” tadbiri oʻtkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, D.Yakubov (video), O‘zA