Olmaliq shahriga hokim tayinlandi
Olmaliq shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi. Shundan so‘ng sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Hamdamov Qobil Murodqulovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Zoyir Mirzayev Olmaliq shahar hokimi lavozimiga shu vaqtga qadar Toshkent viloyat ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich nomzodini tavsiya qildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich Olmaliq shahri hokimi etib tasdiqlandi.
A.Musayev, O‘zA