Oliver Kan germaniyalik yulduzga JCh-2026 ni o‘tkazib yuborishni maslahat berdi
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Oliver Kan «Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musialaga o‘z maslahatlarini berdi.
«U jahon chempionatida ishtirok etishdan voz kechishi kerak. Agar men o‘yinimda nimadir noto‘g‘ri ekanligini his qilsam, yana tayyor bo‘lish uchun o‘z ustimda ishlashim kerak bo‘ladi», — deya Kanning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, Musiala joriy mavsumning birinchi qismini og‘ir jarohat tufayli o‘tkazib yuborgan edi. Uning hisobida barcha turnirlar doirasida 13 ta o‘yin, uchta gol va ikkita golli uzatma mavjud.
Jahon chempionati – 2026 kelayotgan yozda AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi «E» guruhidan joy oldi va u yerda Kot-d’Ivuar, Kyurasao hamda Ekvador jamoalariga qarshi bahs olib boradi.