Olis hudud aholisi salomatligi o‘rganildi
Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi tor sohadagi mutaxassislari olis hududlarda istiqomat qilayotgan aholining salomatlik bilan bog‘liq muammolarini o‘rganish va ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tuman hududidagi Navbahor mahallasi aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy-profilaktik ko‘rik tashkil etdi.
–O‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy-profilaktik tadbir davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj, salomatligida jiddiy o‘zgarish bor kishilar salomatligi tuman tibbiyot birlashmasining kardiolog, endokrinolog, ginekolog, urolog kabi tor sohadagi mutaxassislarimiz tomonidan chuqurlashtirilgan holda o‘rganildi,– deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Akromjon Azizqulov. –Xonadonbay tibbiy ko‘rik ham o‘tkazilib, uyda yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, ularga Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining reimbursatsiya dasturi doirasida bepul dori-darmon tarqatish bilan birga, statsionar sharoitda davolanishi shart bo‘lganlarga imtiyozli yo‘llanma berilgan bo‘lsa, birozgina nazorat talab etadiganlar esa ambulator sharoitda davolanish uchun yo‘naltirildi .

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti Sirdaryo viloyat hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish maqsadida sog‘lom turmush, sog‘lom ovqatlanish va zararli mahsulotlar miqdorini cheklash, ayrimlaridan butunlay voz kechish maqsadida "Chekish – umr zavoli" mavzusida. targ‘ibot tadbiri ham o‘tkazildi.

Targ‘ibot tadbiri davomida tarqatma materiallar tarqatilib, zarur tavsiya va maslahatlar ham berildi.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri