Olimlar tarixda ilk bor insonga sun’iy qon quyishdi
Kembrij universiteti olimlari tarixda birinchi bo‘lib insonga laboratoriyada yetishtirilgan eritrotsitlarni quydi. Mazkur texnologiyani klinik sinovdan o‘tkazish Restore tadqiqot loyihasi doirasida amalga oshirildi, deyiladi mazkur ta’lim maskani e’lon qilgan maqolada.
Tadqiqotchilarning fikricha, ularning ixtirosi muvaffaqiyatli sinovdan o‘tsa, kasallikni va noyob qon guruhiga ega bemorlarni davolashda inqilob yasashi mumkin.
Eritrotsitlar Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmatining donorlar bazasiga kiritilgan odamlar qoni namunalaridan o‘stirildi. Sun’iy eritrotsitlarning barchasi odatdagi eritrotsitlardan farqli ravishda yosh. Ko‘ngillilar 5-10 millilitr, ya’ni 1-2 choy qoshiq suyuqlik olishgan.
«Umid qilamizki, laboratoriyadan yetishtirilgan eritrotsitlar odatdagi donor qonidan ko‘ra uzoq yashaydi. Agar dunyoda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu sinovlar muvaffaqiyatli yakunlansa, bemorlarni davolash jarayoni ham o‘zgarishi mumkin», – deydi tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri Sedrik Givert.