Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!
Qo‘qon davlat pedagogika institutida Navro‘z sayli o‘tkazildi. Saylda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir avvalida so‘z olgan Dilnoza Xodjayeva barchani samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarni bildirdi.


Bayramga oid plakatlar, bahor gullari, milliy so‘zanalarimiz bilan bezatilgan o‘yingohda Navro‘z tarovati yaqqol sezilib turdi. Barchaning yuzida shukronalik, bayram shukuhi aks etdi. Talabalar tomonidan milliy o‘yinlarimizning namoyish etilishi, turli musobaqalar, ko‘rgazmali chiqishlar, milliy qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi bayram qatnashchilarining dillarini yanada xushnud qildi.



Institutda qizg‘in va ko‘tarinki ruhda boshlangan Navro‘z bayrami tantanalari davom etmoqda.
O‘zA