Oilaviy nizo ortidan qolgan mol-mulk egasiga qaytarildi
Samarqand viloyati Payariq tumanida oilaviy kelishmovchilik ortidan boshqa xonadonda saqlanayotgan mol-mulklar Majburiy ijro byurosi aralashuvi bilan qonuniy egasiga qaytarildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudining 2026-yil 24-iyundagi qaroriga muvofiq, javobgar Sh.X.ning yashash manzilida saqlanayotgan da’vogar B.X.ga tegishli mol-mulklarni qonuniy egasiga natura shaklida qaytarish belgilangan.
Mazkur sud hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida Majburiy ijro byurosi Payariq tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan tegishli ijro harakatlari amalga oshirildi.
Ijro harakatlari davomida 59 turdagi jami 93 dona mol-mulk aniqlanib, ular qonuniy egasi B.X.ga topshirildi.
Shu tariqa sud qarorining to‘liq ijrosi ta’minlanib, fuqaroning mulkiy huquqlari tiklandi.
Hamroz Bayonov,O‘zA