Ochiq muloqot: Murojaatlar soni 13 mingdan oshdi
Tibbiyot sohasidagi “Ochiq muloqot” doirasida kelib tushayotgan murojaatlar soni 13 ming 14 taga yetdi.
Shulardan 7 ming 466 ta murojaat tibbiyot xodimlaridan, 5 ming 548 ta murojaat fuqarolardan yo‘llangan. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar, Sog‘liqni saqlash vazirligi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasiga muntazam ravishda yuborilmoqda va ijorosi ta’minlanmoqda.
Murojaatlarning 6 ming 64 tasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan takliflardan iborat bo‘lsa, 3 ming 480 tasi sog‘liqni saqlash tizimiga e’tiroz mazmunidagi murojaatlardir. 3 ming 470 ta murojaatda individul masalalar ko‘tarilgan. Murojaatlarning 4 ming 828 tasi birlamchi tibbiy yordam, 753 tasi ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati hamda 383 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga oid.
Mohigul Qosimova, O‘zA