Obodlikka yuz tutgan Yakkatom
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Yakkatom mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
Hududda ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi. Joylarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, 6 kilometr ichki yo‘l asfaltlandi, 7 kilometr tuproq yo‘l esa shag‘allandi. 22-umumta’lim maktabi mukammal ta’mirlandi, mahalla fuqarolar yig‘ini yangi binoga ega bo‘ldi.
[gallery-6008]
– Obodonchilik ishlaridan aholi juda xursand, - deydi ushbu mahallada yashovchi nuroniy Bilolxon Rustamov. – Mahalladoshlar bilan yangilanish fasli ko‘klamni munosib kutib oldik. Dam olish kunlari hamjihatlik bilan hashar o‘tkazdik. Xonadon egalari hovli va ko‘cha qismini tartibga keltirdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasiga ham o‘z hissamizni qo‘shdik. Manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekdik. Bahor bizning mahalladan boshlandi.
Ayni paytda hududdagi “Axsi sayyidlari” ilmiy-ma’rifiy majmuasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Bu yerda tez orada Hunarmandchilik va xattotlik maktabi, muzey va jome masjidining yangi binosi qad ko‘taradi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA