Oʻzbekiston kubogi kimga nasib etadi?
Bugungi kunda badminton yoshlarimizning eng sevimli sport turiga aylangan. Mazkur sport turi bilan qariyb oʻttiz mingga yaqin yigit-qiz shugʻullanmoqda.
Bugungi kunda badminton yoshlarimizning eng sevimli sport turiga aylangan. Mazkur sport turi bilan qariyb oʻttiz mingga yaqin yigit-qiz shugʻullanmoqda.
Toshkent shahri, Andijon, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari yoshlari oʻrtasida mazkur sport turiga boʻlgan qiziqish, ayniqsa, kuchli. Buning natijasida Amrullo Baxshulloyev, Alisher Xolmirzayev, Artyom Savatyugin, Temur Karimov, Valeriya Mushtakova, Dilrabo Ahmedova kabi yosh mahorat egalari yetishib, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib kelmoqda.
Koronavirus pandemiyasi sabab, joriy yilda dunyo boʻylab bir qator sport musobaqalari oʻz vaqtida oʻtkazilmadi. Biroq mamlakatimizda karantin holati biroz yumshatilganidan soʻng qator sport turlari boʻyicha mamlakat birinchiliklari boshlandi. Badminton boʻyicha Oʻzbekiston kubogi shular jumlasidandir.
3-noyabr kuni poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi Muqimiy koʻchasida joylashgan Badminton markazida Oʻzbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Chorlov sadolari ostida musobaqa ishtirokchilari sport majmuasiga kirib keldi. Davlatimiz madhiyasi yangradi.
Erkaklar va ayollar oʻrtasida 7-noyabr kuniga qadar oʻtadigan mazkur musobaqada 100 nafarga yaqin badmintonchi gʻoliblik uchun kuch sinashadi.
Musobaqaning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, mamlakatimiz badminton federatsiyasi raisi Aziz Abduhakimov soʻzga chiqdi.