Oʻzbekiston 18 davlatga gilos eksport qildi
2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston 31,3 ming tonna gilos eksport qilgan.
2020-yil 1-iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston 31,3 ming tonna gilos eksport qilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslaganda 14,6 ming tonnaga koʻp.
Qariyb 61 million AQSH dollariga teng boʻlgan gilos 18 mamlakat bozorlarida sotilgan. Ular orasida Qozogʻiston 16,7 ming tonna (23 million AQSH dollari), Rossiya 9,3 ming tonna (15,8 million AQSH dollari), Qirgʻiz Respublikasi 4,7 ming tonna (20 million AQSH dollari) va Janubiy Koreya Respublikasi 124,3 tonna (496,9 ming AQSH dollari) bilan yuqori ulushga ega boʻldi.
Eʼtiborlisi, bu yil oʻzbek gilosi Germaniya, Litva, Lyuksemburg, Mongoliya, Ummon, Janubiy Koreya va Tailand davlatlariga ham eksport qilindi.