“Oʻzatom” va “Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.” oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi
Bugun, 11-mart kuni “Oʻzatom” agentligida “Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Bugun, 11-mart kuni “Oʻzatom” agentligida “Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi agentlik matbuot xizmati.
Uchrashuv chogʻida 2019-yilning oktyabrida Oʻzbekiston delegatsiyasining Koreyaga qilgan tashrifi yakunida erishilgan ikki yoqlama kelishuvlar hamda Koreya kompaniyalari bilan hamkorlik oʻrnatishga tegishli masalalar muhokama qilindi.
Unda koreys tomoni Oʻzbekiston Respublikasida atom energiyasini tinchlik yoʻlida rivojlantirish, shuningdek bu sohada qonunchilikni yana-da takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Suhbat davomida atom energetikasi sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik qilish hamda Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyalari AESlarni qurish loyihalarida ishtirok etayotgan boshqa davlatlarda oʻzbekistonlik quruvchilarning amaliyot oʻtashlarini tashkillashtirish masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.
Eslatib oʻtamiz, Hyundai Engineering & Construction Co., Ltd. kompaniyasi barcha energetika va sanoat yoʻnalishlarini qamrab olgan, muhandislik va quruvchilik ishlari bilan shugʻullanadigan dunyo boʻyicha qurilish sohasida eng yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Xususan, ushbu kompaniya Janubiy Koreya (15 reaktor) va xorijiy davlatlarda (BAAda 4 reaktor) 65% AESlarni qurishda bosh pudratchi sifatida faoliyat olib boradi.