O‘yinoldi matbuot anjumani
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-sentabr kuni 2018-yilda o‘tadigan jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi doirasida Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Poytaxtimizda mazkur uchrashuv oldidan terma jamoalar murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.
– Yaman terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rdik, – deydi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan. – Futbolchilarimiz mashg‘ulotlarni yaxshi o‘tkazdi. Terma jamoada yosh va tajribali futbolchilar bor. Bir qator futbolchilar yoshlar o‘rtasidagi mundiallarda qatnashgan. Maqsadimiz jahon chempionatiga chiqish. Demak, faqat g‘alaba qozonishimiz kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichida qit’amizning qirqta mamlakati terma jamoalari sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etmoqda. O‘zbekiston milliy terma jamoasi “H” guruhida Bahrayn, Filippin, KXDR va Yaman terma jamoalari bilan kuch sinashmoqda.
Guruh g‘oliblari va to‘rtta eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan ikkinchi o‘rin sohiblari bir vaqtning o‘zida 2019-yili Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkaziladigan Osiyo kubogi musobaqasida va 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash bahslari hal qiluvchi bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.