Oʻrgangan koʻngil...
Jizzax shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga Toshloq mahallasida istiqomat qiluvchi 1982-yil tugʻilgan fuqaro X.Sh murojaat qilib, firibgarning aldoviga ishonib qolganini bildirdi.

Murojaatchining maʼlum qilishicha, Sharof Rashidov tumani Qulama mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1991-yil tugʻilgan K.X. “Lasetti” rusumli avtomashina olib berish evaziga 2018-yil 18-dekabr kuni 10 ming AQSH dollari olgan. Biroq avtoulov olib berilmagan. Pullar ham qaytarilmagan.
Surishtiruv davomida fuqaro K.X. Qaliya mahallasida istiqomat qiluvchi 1990-yil tugʻilgan D.Q. dan uy olib berish uchun 22 ming AQSH dollari, shu mahallada yashovchi 1984-yil tugʻilgan D.N dan uy olib berish uchun 4 ming dollar pullarni firibgarlik yoʻli bilan olgani ham aniqlangan.
Maʼlum boʻlishicha, fuqaro K.X. muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jazo muddatini oʻtab chiqqan. Ammo oʻrgangan koʻngil, oʻrtanmasa qoʻymas deganlaridek, yana eski qiligʻini takrorlagan. Hozirda unga nisbatan xuddi shu modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.