Nukusda “Turli millatlar – yagona fuqaroviy özlik” mavzusida konferensiya ötkazildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Bağrikenglik haftaligi doirasida “Turli millatlar – yagona fuqaroviy özlik” mavzusida konferensiya taşkil etildi. Unda davlat va jamoat taşkilotlari vakillari, diniy ulamolar, ziyolilar, professor-öqituvçilar hamda talabalar iştirok etdi.
Tadbirni institut rektori v.b. Quvondiq Qodirov kiriş sözi bilan oçib, mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik va özaro hurmat muhitini mustahkamlaş, turli millat va elat vakillarining yagona Vatan ravnaqi yölida birlaşişi muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining jamoat va diniy taşkilotlar bilan aloqalar böyiça örinbosari A.Allaniyazov ham sözga çiqib, jamiyatda millatlararo hamjihatlikni taʼminlaş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida fikr bildirdi.
Konferensiya davomida maʼruzaçilar tomonidan millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikning jamiyat hayotidagi örni, uning davlat barqarorligi hamda taraqqiyotidagi ahamiyati eʼtirof etildi. Jumladan, Qoraqalpoğiston musulmonlari qoziyati qozisi B.Razov “Diniy manbalarda millatlararo totuvlik masalasining uluğlanişi”, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiy B.Sultanov “Millatlararo totuvlik – davlat barqarorligi va jamiyat taraqqiyotining muhim omili”, institut rektori v.b. Q.Qodirov esa “Turli millatlar – biz, yagona Vatan farzandlarimiz” mavzularida maʼruzalar qildi.
[gallery-32645]
Konferensiya yakunida institutning “Tömaris” xalq ansambli aʼzolari hamda qobiliyatli talabalar ijrosida madaniy-konsert dasturi namoyiş etildi.
Mazkur tadbir millatlararo döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, yoşlarda bağrikenglik, vatanparvarlik va yagona Vatan tuyğusini yuksaltiriş, jamiyatda tinçlik va barqarorlikni asraşga qaratilgan ezgu qadriyatlarni keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA