Norinda mahalla faoliyati uchun zamonaviy sharoit yaratildi
FOTOREPORTAJ
Mahallalarda aholi bilan ishlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni joyida hal etish uchun zarur sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Namangan viloyati Norin tumanidagi Pastki Cho‘ja mahallasi uchun barpo etilgan yangi zamonaviy ma’muriy binoning foydalanishga topshirilishi ham shu yo‘nalishdagi amaliy ishlardan biri bo‘ldi.
[gallery-31497]
Yangi inshootning ochilish marosimida tuman hokimi Jo‘rabek Nurmatov, mas’ul rahbarlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda mahalla institutining aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va muammolarni joyida hal etishdagi o‘rni xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shu kunga qadar alohida ma’muriy binosi bo‘lmagan Pastki Cho‘ja mahallasida barpo etilgan yangi inshoot xodimlar uchun zamonaviy ish sharoitlarini yaratish bilan birga, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish imkonini beradi.
Binoning foydalanishga topshirilishi mahalla va aholi o‘rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA