Noqonuniy tovarlar aniqlandi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona kompleksiga kirib kelgan yuk avtomashinasi tegishli tartibda inspeksion-ko‘rik majmuasi yordamida skaner qilindi.

Natijada yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 440 million so‘mlik “Polietilin” tovarlari borligi aniqlandi. Xuddi shunday bojxona qoidabuzarligi yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan MCHJ nomiga kelgan tovarlar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilayotgan vaqtda ham takrorlandi. Unda yuk kuzatuv hujjatlarida qayd etilmagan, umumiy qiymati 880 million so‘mlik tovarlar borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA