Noqonuniy qurilma buzdirildi
Fuqaro M.U. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani “Naymanko‘l” ovul fuqarolar yig‘ini hududining 432 kv.m. yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noturar joy qurdirgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2024-yil 28-iyun kungi qarori bilan qurilgan noturar joy noqonuniy qurilma deb topilib, uni majburiy buzdirish belgilangan. Ushbu qaror bo‘yicha chiqarilgan ijro hujjat Majburiy ijro byurosi Taxiatosh tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan. Jumladan, javobgar M.U.ga o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmani ixtiyoriy ravishda buzish uchun 15 kunlik muddat berilgan.
Berilgan muddat ichida sud qarori talabi bajarilmaganligi sababli, noqonuniy qurilma majburiy buzdirib tashlandi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri