Noqonuniy mahsulotlarga yo‘l yo‘q
Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Xorazm viloyati boshqarmasi va Bog‘ot tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “D-Y.” oilaviy korxonaga qarashli savdo shoxobchasida 242 dona hamda YATT “J.S.”ga qarashli savdo shoxobchasida 308 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
A.Shokirov, O‘zA