Noqonuniy faoliyat yuritayotgan 25 ta dorixona javobgarlikka tortildi
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va farminspeksiya boshqarmasi tomonidan 2026-yilning I choragi davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida 25 ta tadbirkorlik sub’ekti faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirgani aniqlanib, belgilangan tartibda javobgarlikka tortildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuniga asosan, faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirganlik yoki litsenziyalarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Mazkur holatlar bo‘yicha farmatsevtika faoliyati uchun tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik sub’ektlariga qonunchilikda belgilangan choralar ko‘rildi.
Bular Xorazm viloyatidagi “SAXIL-NUR-SHIFO” XK;
Surxondaryo viloyatidagi “PARVOZ PHARM” MCHJ;
Samarqand viloyatidagi “PAYSHANBA DORI TA’MINOTI SDD” MCHJ, “ASILBEK FARM” MCHJ, “URGUT DORI TA’MINOTI SDD” MCHJ, “OQDARYO-DORI TA’MINOTI SDD” MCHJ, “ISHTIXON DORI-TA’MINOTI SDD” MCHJ, “BAROKAT SIXAT PHARM” MCHJ, “PAYARIQ DORI TA’MINOTI SDD” MCHJ, “SAMARQAND IDEAL PHARM” MCHJ, “ISHTIXON-MED TORG” MCHJ, “ELKIMYOTEXNOLOG” MCHJ, “786-TIYN VA ZAYTUN” MCHJ;
Jizzax viloyatidagi “YULDUZ FARM MED” MCHJ;
Andijon viloyatidagi “DOLCHIN MAKON TA’MINOT” MCHJ, “ARCC” MCHJ, “AVAZBEK TENDER” MCHJ, “TABIAT MALXAM FARM” MCHJ, “BARAKA FARM GRAND” MCHJ;
Qashqadaryo viloyatidagi “G‘ANISHER FARM” MCHJ;
Buxoro viloyatidagi “EZOZ FARM GOLD” MCHJ;
Namangan viloyatidagi “NOBLE FARM” MCHJ, “MAKRO REMEDIES” MCHJ;
Toshkent viloyatidagi “RUSHAN MED PLYUS FARM” MCHJ;
Navoiy viloyatidagi “ASLAM NODIR” MCHJlardir.
Qonunchilik talablariga rioya etish barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun majburiy hisoblanadi. Yurtdoshlarimizdan dori vositalarini xarid qilishda dorixona faoliyati bilan bog‘liq huquqbuzarliklar kuzatilsa, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga murojaat qilishlari so‘raladi.
Mohigul Qosimova, O‘zA