Nomzodlar saylovchilar bilan uchrashdi
Andijon shahridagi 45-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Andijon shahridagi 45-umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi Andijon shahridagi 21-Istiqlol saylov okrugidan Oliy Majlis deputatligiga nomzodlar, ularning ishonchli vakillari hamda saylovchilar ishtirok etgan uchrashuvda saylov jarayonlari, nomzodlarning targ‘ibot tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi asosida o‘tkazilayotgani ta’kidlandi.
– Targ‘ibot uchrashuvlari O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan tartiblar hamda belgilangan jadval asosida tashkil etilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga saylov o‘tkazuvchi 21-Istiqlol okrug saylov komissiyasi raisi Mufazzal Qodirova. – Nomzodlarga saylovchilarni o‘z dasturlari bilan tanishtirishlari uchun teng vaqt, imkoniyat yaratib berildi.
Nomzodlarning ishonchli vakillari saylovchilarni nomzodlar bilan yaqindan tanishtirib, ularning tarjimai holi, saylovoldi dasturlarining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berdi.
Nomzodlar o‘z chiqishlarida dasturlari, belgilangan vazifalar, ularni qanday amalga oshirish haqida atroflicha ma’lumot berdi.
– Bugun saylovchilarimizning faolligi juda yuqori, – deydi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Oliy Majlis deputatligiga nomzod Saidahmad Shukurov. – Ishonamanki, yurtdoshlarimiz mamlakatimiz taqdiri, porloq kelajagini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadigan saylovlarda faol ishtirok etadi va o‘zlari munosib, deb topgan nomzodlarga ovoz beradi.
Uchrashuvda nomzodlar saylovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.