Nishanova Zulfizar Yashin qizining psixologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«M.G.Davletshin ilmiy ijodining O‘zbekiston psixologiya fani taraqqiyotiga hissasi» mavzusida
Nishanova Zulfizar Yashin qizining 19.00.01- Psixologiya tarixi va nazariyasi, umumiy psixologiya, shaxs psixologiyasi ixtisosligi bo‘yicha «M.G.Davletshin ilmiy ijodining O‘zbekiston psixologiya fani taraqqiyotiga hissasi» mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.26.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 10 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-qavat, 203-xona.
Tel.: (99871) 276-75-26; faks: (99871) 276-76-51
ye-mail: kengash@edu.uz