Nikita Svetkov «IV. Budapest GP» musobaqasida chempion bo‘ldi
Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan velosportning omnium ko‘pkurashida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, 146 ochko bilan musobaqaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Vengriyada trek velosporti bo‘yicha o‘tkazilgan «IV. Budapest GP» xalqaro musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Svetkov omnium dasturida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin olgan omnium ko‘pkurashida hamyurtimiz barcha raqiblarini ortda qoldirib, 146 ochko bilan musobaqaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Nikita Svetkov musobaqa davomida barqaror va yuqori natija qayd etdi. Jumladan, u «Scratch» poygasida 40 ochko bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Tempo Race» bahsida ham 40 ochko jamg‘arib, g‘olib bo‘ldi. «Elimination» poygasida ham birinchi bo‘lib marraga yetgan sportchimiz hal qiluvchi «Point Race» dasturida 26 ochko to‘pladi.
Shu tariqa, barcha dasturlar yakunlariga ko‘ra 146 ochko jamg‘argan Nikita Svetkov omnium bo‘yicha umumiy hisobda birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA