Neymarning otasi o‘g‘liga ommaviy murojaat yo‘lladi
Hozirgi vaqtda yulduz forvard vatanida, ya’ni «Santos» klubida to‘p surmoqda.
Braziliya terma jamoasi hamda «Santos» klubi hujumchisi Neymarning otasi o‘g‘liga ommaviy tarzda murojaat qilib, undan professional futboldagi faoliyatini to‘xtatmaslikni so‘radi.
«Senga bitta iltimosim bor, Ney: iltimos, futbol o‘ynashda davom et», — deya taniqli insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida futbolchining otasidan iqtibos keltirgan.
Braziliya Milliy jamoasi JCH-2026 nimchorak finalida Norvegiyaga kutilmaganda mag‘lub bo‘lib (1:2), mundialdagi ishtirokini erta yakunlagan edi. Mazkur alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, Neymar ushbu bahs uning terma jamoa libosidagi so‘nggisi bo‘lganiga shama qilgandi.
Hozirgi vaqtda yulduz forvard vatanida, ya’ni «Santos» klubida to‘p surmoqda. Biroq ketma-ket jarohatlar tufayli u uzoq muddat maydonga tusha olmayapti. Braziliyalik iqtidor sohibi faoliyati davomida «Barselona», «PSJ» va «Al-Hilol» kabi klublar sharafini himoya qilgan.