Neymar taslim bo'lmoqchi emas
«Santos» hujumchisi Neymar hali ham kelayotgan yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdan umidvor.
«Santos» hujumchisi Neymar hali ham kelayotgan yozda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishdan umidvor.
Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, Karlo Anchelotti 34 yoshli yulduzni mundialga chaqirmaslikka qaror qilib bo‘lgan, biroq futbolchi taslim bo‘lmoqchi emas. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, Neymar o‘z klubi bilan kelishib olgan: yaqin vaqt ichida u faqat eng muhim o‘yinlardagina maydonga tushadi. Gap shundaki, hujumchi may oyida JCh-2026 ning yakuniy tarkibi e’lon qilinishi arafasida jarohat olishdan cho‘chimoqda.
Neymar «Santos»ning navbatdagi ikkita uchrashuvini o‘tkazib yuboradi: u diskvalifikatsiya sababli «Flamengo»ga qarshi o‘ynamaydi, shundan so‘ng Janubiy Amerika kubogi doirasidagi «Deportivo Kuenka» bilan bahsda ham yuqoridagi kelishuvga ko‘ra ishtirok etmaydi.