«Neftchi» muhim o‘yinda g‘alaba qozondi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan «Neftchi» – «Olimpik» bahsida 3:0 hisobi qayd etildi.
Farg‘ona shahridagi «Istiqlol» stadionida o‘tkazilgan ushbu o‘yinda mezbonlar tarkibida Azizbek Amonov dubl qilgan bo‘lsa, Nsungisi Effiong bitta golga mualliflik qildi. Shu tariqa, «Neftchi» ushbu yirik g‘alabadan so‘ng ochkolarini 26 taga yetkazib oldi, «Olimpik» esa 20 ochko bilan qoldi.
Shuningdek, «Metallurg» yana «OKMK» sport majmuasida o‘tgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu jamoa bu safar «Dinamo» klubiga 1:0 hisobida yengildi. Mazkur natijadan so‘ng «Dinamo» hisobidagi ochkolar 20 taga yetdi. «Metallurg» hamon 10 ochko bilan qolmoqda.

Bugun, 25 avgust kuni Superliganing 17-tur doirasida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Aniqrog‘i, «Lokomotiv» o‘z maydonida mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da «Qizilqum»ga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Qarshida esa «Nasaf» – «Andijon» o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00 da start oladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA