Nazariya – amaliyot – ishlab chiqarish
Nukus sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida 290 ga yaqin o‘quvchi liboslar modelyer-konstruktori, non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish texnik-texnologi, komputer va komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.
Nukus sanoat va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida 290 ga yaqin o‘quvchi liboslar modelyer-konstruktori, non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish texnik-texnologi, komputer va komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi kabi yo‘nalishlarda tahsil olmoqda.Ta’lim maskanida yoshlarni darsdan bo‘sh vaqtida ishlab chiqarish amaliyotiga yo‘naltirishga alohida e’tibor qaratiladi.
– Joriy o‘quv yili kollejimizni 124 o‘quvchi bitiradi, – deydi kollej direktori o‘rinbosari Bahodir Najimov. – Ularning kelgusidagi bandligini ta’minlash maqsadida “Qoraqalpoqdonmahsulotlari”, “Taxiatoshdonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatlari, “Nukus Textile” mas’uliyati cheklangan jamiyati kabi korxona va tashkilotlar bilan kelishuv shartnomalari tuzilmoqda.