Nazar Eshonqul hikoyalarida sarlavha poetikasi
Muqaddas Zayniddinovna OLTINOVA mustaqil izlanuvchi Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot universitet Toshkent, O‘zbekiston muqaddaszayniddinovna@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalarida sarlavhaning badiiy-estetik funksiyasi, xususan, antitetik (tazod asosiga qurilgan) sarlavhalarning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Muallif tomonidan bir qancha hikoyalar misolida sarlavha va mazmun o‘rtasidagi ichki qarama-qarshiliklar ochib berilgan. Sarlavhaning nafaqat nomlash, balki asar g‘oyasini chuqur ifodalovchi poetik vosita ekani asoslangan. Shuningdek, metaforik va antitetik sarlavhalar tasnifi berilib, ularning badiiy tafakkurdagi o‘rni yoritilgan. Tahlillar natijasida yozuvchining individual uslubi, ko‘p qatlamli ma’no yaratish mahorati aniqlangan.
Tayanch so‘zlar: antiteza, tazod-sarlavha, metaforik sarlavha, badiiy konsepsiya, ramziylik, kinoya, poetik funksiya, sarlavha poetikasi, modernizm, badiiy tafakkur, mazmun va shakl, ko‘p ma’nolilik, ramziy obraz, muallif uslubi.