Navoiylik g‘allakorlar ulkan xirmon bunyod etdi
Navoiy viloyati g‘allakorlari joriy yil garchi ob-havo sharoiti noqulay kechgan bo‘lsa-da, davlatga don sotish rejasini ortig‘i bilan bajardi.
Joriy yilda viloyatda 865 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 31 ming 714 gektarga boshoqli don ekilib, 105 ming 563 tonna o‘rniga 105 ming 794 tonna hosil yig‘ishtirib olindi.
Ta’kidlash o‘rinliki, davlatimiz rahbari boshchiligida qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar, g‘alla yetishtirish bo‘yicha ilg‘or tajribalardan unumli foydalanish, shu bilan birga yerga bo‘lgan munosabatning tubdan o‘zgarganligi mo‘l hosil yetishtirishga zamin hozirladi.
Dalalarda yetishtirilgan hosilni belgilangan muddatlarda sifatli o‘rib olish maqsadida 107 ta g‘alla o‘rim kombayni unum bilan ishlatildi.

Ushbu zafarli odimga viloyatimiz tumanlari o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shdi. Jumladan, Qiziltepa tumani rejani 107,82 foizga uddalab, davlat xirmoniga 29 ming 599 tonna, Karmana tumani rejani 102,69 foizga bajarib, 17 ming 833 tonna, Navbahor tumani esa rejani 100,63 foizga yetkazib, 24 ming 780 tonna sara don topshirdi. E’tiborlisi, joriy yilda viloyat bo‘yicha jami 463 ta fermer xo‘jaligi har gektar yerdan 100 sentner va undan yuqori hosil oldi.

Viloyatda g‘allachilikda mo‘l hosil yetishtirishda Qiziltepa tumanidagi “G‘olib”, “Qurbon Latif”, “O‘rta cho‘l yulduzi 2018”, “Valiobod”, “Safarobod bog‘i”, “Istam Karol”, “Vang‘ozi Agro eksport”, “Ahmad Namoz”, “Faxriddin Oybek”, “Farmon bobo ne’mati”, “Kosagaron orzusi”, “Shavkat”, “Sardor Sulaymon jasorati”, “Qahramon zamin saxovati”, Navbahor tumanidagi “Navoiy ko‘hinur taraqqiyoti”, “Salim Cho‘li”, “Aslon bobo”, “Qalqon paxtakori”, “Mezit”, “Mujassam”, Xatirchi tumanidagi “Aziz”, “Muhiddin bobo chorvador”, “Sherbek Azizbek chorvasi”, “Sag‘dullo bobo Luqmonov”, “Madina momo nabiralari”, “Zohidjon Quvondiq”, Karmana tumanidagi “Bahrom Rizo”, “Karmana Aziz istiqboli”, “Olim Rahmon”, “Baxtiyor ota Toshovich”, Konimex tumanidagi “Gavharbek uli Jandos”, “Dinara Shayra”, “Konimex Chordara” kabi fermer xo‘jaliklari 100 va undan yuqori sentnerdan hosil yig‘ishtirib oldi.

Ayni kunlarda esa o‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.
Abduvali Bo‘riyev, O‘zA muxbiri