Navoiyda dzyudo bo‘yicha xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahridagi "Sug‘diyona" sport saroyida dzyudo bo‘yicha o‘smir o‘g‘il-qizlar o‘rtasida sport ustasi Ismoil Voyidov xotirasiga bag‘ishlangan II xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq iqtidorli sportchi ishtirok etib, turli vazn toifalarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. Bellashuvlar jarayonida yosh dzyudochilarning texnik va taktik mahorati, sportga bo‘lgan intilishi hamda yuqori raqobatbardoshligi yaqqol namoyon bo‘ldi.
[gallery-28984]
Musobaqa yakuniga ko‘ra, o‘z vazn toifalarida yuqori natija qayd etgan g‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA